Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga quyidagi qöşimçalar kiritilişi mumkin.
128-moddaning (Haydovçilarning transport vositalarini piyodalar yölkalaridan yurgizişi, yöl belgilari va yöl harakatining boşqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) birinçi qismi “taşqi yoritiş asboblaridan foydalaniş qoidalarini buzişi” degan sözlardan keyin “(uşbu Kodeksning 128-7-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno)” degan sözlar bilan töldiriladi;
quyidagi mazmundagi 128-7-modda bilan töldiriladi:
“128-7-modda. Transport vositalari haydovçilarining kunning yoruğ vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlaniş qoidalarini buzişi
Transport vositalari haydovçilarining kunning yoruğ vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlaniş qoidalarini buzişi, –
eng kam iş haqining törtdan bir qismi miqdorida jarima solişga sabab böladi”.
Bundan oldin, Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri Pölat Bobojonov örnatilayotgan kunduzgi signal çiroqlarining sifatsizligi avtomobillarga zarar yetişiga sabab bölayotganini aytgandi.


















