Ötgan Xalqaro armiya musobaqalarida “1-örinni mezbon harbiy xizmatçilari qölga kiritişgan bölsa...”, degan jumladan söng keyingi örinlarda özbek armiyasi vakillari jamoasining nomi zikr etilyapti.


Aytiş joizki, sönggi bir yil içida Umumarmiya öyinlariga hamda Xalqaro musobaqalarga qatnaşadigan harbiy xizmatçilar Mudofaa vazirligi miqyosida jiddiy uç bosqiçli maxsus saralaşdan ötkazilyapti. Bu juda yaxşi, albatta.
Ammo xorijiy davlatlar armiyasi vakillari mazkur nufuzli musobaqalarga yil-ön ikki oy tayyorgarlik körişadi. Bizda saralaş közda tutilmagan va jamoaviy qatnaşişi lozim bölgan harbiy xizmatçilar çempionatga tayyorgarlikni bir yarim oy qolganda boşlaşadi.

Kamçiliklarimiz haqida gapiradigan bölsak, musobaqalar ötkazilayotgan çet davlatdan turib, özbek askarining harakati va ruhiyatini foto va videomateriallar orqali yetarliça oçib berolmayapmiz. Oddiy misol, bu yilgi Xalqaro öyinlarning 14 ta turi böyiça musobaqada qatnaşamiz. Har bir davlatning öz muxbiri jamoasiga ğalaba tilab, qaynoq jarayonni qadamma-qadam yoritib boradi. Bizni muxbir va operatorlarimiz esa aeroportdan joy qilib oladi yoki internetdan özga manbaga tayanib olingan foto va videomateriallar Özbekiston böylab tarqatiladi.

Yana bir misol. 1 iyul kuni Kun.uz naşri orqali Özbekiston harbiylari Qozoğistonda ötkazilgan «Çöl burguti» xalqaro harbiy maşğulotlarida qatnaşgani haqida xabardor böldik. Xöş, nima sababdan Qozoğistonga ketayotgan özbek harbiy delegatsiyasiga öz muxbirimizni qöşib yubormayapmiz?

Yöq, yubormaymiz, çunki unda har doim aeroport yoki temiryöl vokzalidan karnay-surnaylar sadosi ostida kutib oliş zavqini yöqotib qöyamiz.



















