Termiz shahar hokimligi matbuot xizmati Termiz shahrida «Damas» haydovchilari ishsiz qolib ketgani» haqidagi postlar va fikrlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
«So‘nggi yillarda Termiz shahrida transport sohasini rivojlantirish, yo‘lovchilarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra shahar hududida harakatlanuvchi transport vositalari aholiga noqulayliklar ham keltirmoqda.
Birinchidan, shahar hududida faoliyat yurituvchi «Damas» yo‘nalishli taksilarning tartibsiz qatnovi natijasida 2018 yil davomida 32ta, 2019 yilning 4 oyi davomida 11ta transport hodisasi sodir etilib, jami 17 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan.
Ikkinchidan, shahar ichidagi yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi «Damas»larning aksariyati noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan.
Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi «Aholiga transport xizmatini ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2724-sonli qarori ijrosini ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari»ga asosan hamda Termiz shahar adliya bo‘limining 2019 yil 11 iyundagi 5/4-sonli xulosasini inobatga olib shahar hokimi qarori qabul qilingan.
Asosiy masala yo‘nalishli «Damas» haydovchilarining doimiy bandligini ta'minlash maqsadida, Termiz shahriga shahar atrofidan kirib kelayotgan taksilar («Damas») uchun yangi yo‘nalishlar tegishli tartibda tashkil qilinib, barcha «Damas» haydovchilarining ish bilan bandligi ta'minlangan.
Jumladan,
1. Termiz avtoshohbekati - Istiqlol maydoni (hayvonot bog‘i orqali) 2-yo‘nalishli «Damas»lar uchun;
2. Al Hakim at-Termiziy ziyoratgohi – Manguzar guzari (Temir yo‘l vokzali va shimoliy shohbekat orqali) 305-sonli yo‘nalishli «Damas»lar uchun;
3. Termiz tuman «Qahramon» mahallasi – Shimoliy avtoshohbekat (Temir yo‘l vokzali orqali) 7-yo‘nalishli «Damas»lar uchun;
4. Istiqlol maydoni – Shimoliy avtoshohbekat (viloyat gaz ta'minoti filiali, qurilish materiallari bozori, suzish havzasi orqali) 9-12 yo‘nalishli «Damas»lar uchun;















