Özbekiston Respublikasi prezidentining “Baholaş faoliyatini yanada takomillaştiriş hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat iştirokidagi korxonalarni sotiş mexanizmlarini soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining davlat aksiyalar paketi (uluşlari)ni sotiş tartib-taomillarini soddalaştiriş töğrisida quyidagilarni nazarda tutuvçi taklifiga rozilik berildi:
a) davlat aktivlarini ular boşlanğiç savdoga qöyilgan narxdan past nominal qiymatda sotiş;
b) xöjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalar paketi (uluşlari)ni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan röyxatga muvofiq, auditorlik taşkiloti tomonidan tasdiqlangan buxgalterlik balansi böyiça 2019 yil 1 yanvar holatida jamiyat sof aktivlarining proporsional uluşiga teng boşlanğiç narxda, jamiyat qatnaşçilarining sotib olişdagi ustunlik huquqini qöllamagan holda oçiq savdolarga qöyiş. Xöjalik jamiyatlari sof aktivlarining miqdori ularning ustav kapitali miqdoridan kamroq bölgan taqdirda, davlat aksiyalar paketi (uluşlari) nominal qiymatda sotuvga qöyiladi;
v) investorlarga sotib olinayotgan davlat aksiyalar paketi (uluşlari) qiymatini investorlarning tovar-xomaşyo birjalari hisob-kitob kliring palatalaridagi hisobvaraqlarida, respublikaning vakolatli banklarida oçilgan xorijiy banklarning “loro” vakillik hisobvaraqlarida bölgan milliy valutadagi pul mablağlari bilan tölagan holda davlat aksiyalar paketi (uluşlari)ni sotib oliş huquqini beriş;
g) anderrayting faoliyatini amalga oşiriş uçun, keyingi uç yil mobaynida faoliyatning ijobiy moliyaviy natijasini tasdiqlaydigan auditorlik xulosasi mavjud bölişi töğrisidagi hamda qimmatli qoğozlar bozorining malakali attestatini oliş uçun ta'lim muassasasining qimmatli qoğozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlaş yoki ularning malakasini oşiriş kurslarini tugatganlik haqida sertifikatini taqdim qiliş töğrisidagi talablarni bekor qiliş.
Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga va davlat uluşlari köproq bölgan xöjalik jamiyatlariga Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi bilan kelişilgan holda, istisno tariqasida, 2020 yilning 1 yanvariga qadar investitsiya maslahatçisi sifatida taşkilotlarni qimmatli qoğozlar bozorida professional faoliyatni amalga oşiriş litsenziyasini olmasdan va yangi rezident - yuridik şaxsni taşkil etmasdan yoki amaldagi yuridik şaxsning ustav kapitalida iştirok etmasdan qimmatli qoğozlarni sotiş böyiça xizmatlar körsatiş uçun jalb etişga ruxsat berildi.

















