Çilonzor tumanida köp qavatli uylarga xizmat körsatiş böyiça boşqaruv kompaniyalari örtasida tanlov e'lon qilingani aholi orasida köplab savollar kelib çiqişiga sabab böldi. Toşkent şahar hokimligi ularning eng asosiylariga javob berişga harakat qilgan.

Boşqaruv kompaniyalari tomonidan uy-joylarga xizmat körsatilişi xususiy uy-joy mulkdorlar şirkati xizmatidan nimasi bilan afzal bölişi mumkin?

Boşqaruv kompaniyalari köp qavatli uylarga professional darajada xizmat körsatiş böyiça yetarli tajribaga ega hamda iş jarayonida har bir uyning arxitekturasi va şaroitidan kelib çiqib ta'mirlaş işlarini amalga oşiradi. E'lon qilingan tanlovga köra esa köp qavatli uylarga xizmat körsatiş böyiça samarali boşqaruv mexanizmi, malakali mutaxassislar va texnikaga ega eng ilğor kompaniyalar tanlab olinadi.

Bugungi kunda Çilonzor tumanida samarali faoliyat yuritayotgan, aholining işonçini qozongan, e'tirofiga sazovor bölgan xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati qatori, faoliyatidan mulkdorlar norozi şirkatlar ham bor. Tanlov natijasida ayni şunday xizmat körsatuvçilar öz örnini boşqaruv kompaniyalariga topşiradi.

Boşqaruv kompaniyalariga ötiş majburiymi yoki Çilonzor aholisi öz xohişiga köra XUJMŞda qolişi mumkinmi?

Albatta, Uy-joy kodeksining 138-moddasiga binoan mulkdorlarning xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati yoki boşqaruv kompaniyalari xizmatidan foydalanişi uy ahlining umumiy majlisidagi qaroriga köra hal qilinadi.

Ammo buning uçun aholining kamida 50 foizi qarorni ma'qullab ovoz berişi kerak. Qarorni ma'qullamaganlar öz ixtiyori va xohişiga köra, boşqaruv kompaniyasi yoxud şirkat xizmatidan foydalanişi yoki kommunal xöjalikka daxldor kamçiliklarni mustaqil hal qilişi mumkin.

Boşqaruv kompaniyalari faoliyati bilan xizmat körsatiş narxlari kötariladimi?

Oylik yiğimlar miqdori kompaniya rahbariyati bilan aholi örtasida şartnoma tuzilgunga qadar ötkazilgan umumiy yiğilişda muhokama qilinadi va belgilanadi.

Taklif etilayotgan yiğimlar miqdori ma'qullanişi uçun majlis qatnaşçilarining yarmidan köpi ovoz berişi kerak. Tölovlarning eng kam miqdori tumanlardagi Xalq deputatlari Kengaşi tomonidan belgilanadi (XUJMŞ faoliyati uçun yiğimlar esa Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi tomonidan belgilanadi).