Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan yöl harakati qoidasi buzilganligi töğrisidagi videoni qabul qiluvçi sayt işga tuşirildi – dyhxx.ejarima.uz. Hozirça saytning faqat rus tilidagi talqini işlamoqda. 

Undagi ma'lumotlarga köra, saytda faqat videoregistrator yordamida olingan videolavhalar qabul qilinadi. 

Jönatiladigan fayllarga quyidagi talablar qöyilgan:
-  Fayl suratga olingan vaqtdan boşlab uç kundan keçiktirilmagan holda jönatilişi;
-  Videoda sana va vaqt körsatilgan bölişi;
-  Videoning uzunligi 120 soniyadan oşmasligi;
-  Videoning tiniqligi kamida 720×480 pikselni taşkil qilişi şart.

Agar transport vositasining töxtab turişi bilan boğliq bölgan qoida buzilgan bölsa, u holda 2ta videofayl jönatilişi, bunda ikkinçi video birinçisidan kamida 10 daqiqa keyin olingan bölişi şart.

Barça murojaatlar kelib tuşgan vaqtdan boşlab uç kun içida körib çiqiladi. 

Yöl harakati qoidasi buzilganligi qayd etilgan video egasi eng kam iş haqining 5 foizi (hozirgi vaqtda 10 136 söm) miqdorida mukofot oladi. Bunda mukofot puli qoidabuzar tomonidan jarima tölanganidan söng beriladi.