Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi, mutasaddi vazirlik va idora hamda OAV vakillari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.
Unda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi 2019 yilning dastlabki olti oyi davomida amalga oşirgan işlari böyiça hisobot berdi.
Hisobotda keltirilişiça, ötgan vaqt davomida qömita tomonidan 10ta masala, şu jumladan 4ta qonun körib çiqilgan.
Qömita raisi, senator Farrux Dadaxöjayevning ta'kidlaşiça, yarim yillik davomida qömita yuborgan 55ta senator sörovi va murojaatlarining 43tasi tegişli muassasalar tomonidan körib çiqilgan, ular böyiça samarali natijalarga erişilgan va fuqarolar tomonidan kelib tuşgan 2738ta murojaatdan 166tasi Senatda doimiy asosda işlovçi senatorlar tomonidan körib çiqilgan.
Endilikda, qömita öz faoliyatida asosiy e'tiborni Respublika Prezidentining Senat yigirmançi yalpi majlisida sözlagan nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oşirişga qaratişi ma'lum qilindi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 5 iyul kuni Senatning 20 yalpi majlisida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nutq sözlagan edi.

















