Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga berilgan vakolatlar doirasida respublika hududida sodir bölayotgan insofsiz raqobat holatlarini oldini oliş va uşbu holatlar ustidan doimiy monitoring olib borişni davom ettirmoqda, deya xabar qiladi qömita axborot xizmati.

Qömita tomonidan respublika hududida röyxatga olingan, non va non-bulka mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan, şuningdek umumiy ovqatlaniş xizmatlarini körsatuvçi “ARTISAN BREAD” MÇJga tegişli bölgan “BREADLY” tovar belgisidan noqonuniy foydalaniş holati böyiça iş körib çiqildi. 

Uşbu mahalliy tovar belgisi Rossiya Federatsiyasi va Qozoğiston Respublikasidagi xalqaro françayzing sistemasi böyiça bugungi kunda ança rivojlangan, bundan taşqari MDH bir neça mamlakatlari hududida huquq egasi tomonidan röyxatdan ötilgan.

Joriy yilning 24 iyun kuni Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga “ARTISAN BREAD” MÇJ (Özbekiston) tomonidan “CRANBERRY” MÇJning bir kafesiga nisbatan Özbekiston Respublikasi “Raqobat töğrisida”gi Qonuning 13 moddasiga asosan çora köriş töğrisidagi murojaati tuşdi.

Murojaatda aytilişiça, kafe egasi bölgan MÇJ tomonidan “ARTISAN BREAD” MÇJga tegişli bölgan “BREADLY/BReDLI” tovar belgisidan noqonuniy foydalanilgan, ya'ni taomnomadagi taomlarni nomini “Bredli nonuştasi” deb nomlab, ijtimoiy tarmoqlarda keng reklama qilinmoqda.

“ARTISAN BREAD” jamiyati amal qiliş muddati 10 yil bölgan “BREADLY/BReDLI” tovar belgisini egasi bölib, uşbu tovar belgisi belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida röyxatdan ötgan.

Murojaatni körib çiqiş natijasida Qömitaning Maxsus komissiyasi tomonidan tegişli qaror qabul qilindi va MÇJga körsatma berildi. Uşbu körsatmaga asosan qonunbuzuvçi “ARTISAN BREAD” jamiyatiga tegişli bölgan “BREADLY” tovar belgisi ostida tovarlarni sotişni va körsatilayotgan xizmatlarini reklama qilişni töxtatişi şart.

Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi barça xöjalik yurituvçi sub'yektlarni huquq egasiga tegişli bölgan intellektual faoliyat natijalarini hurmat qilişga va öz faoliyatini amaldagi qonunçilik va insofli raqobat tamoyillariga asoslangan holda amalga oşirişga çaqiradi, deyilgan xabarda.