Dunyo aholisining ösişi yiliga 1,1 foizni taşkil etmoqda (83 million kişiga yaqin) deya xabar bermoqda facte.ru. Uşbu körsatkiçi XVIII asrda sanoat inqilobidan keyin tez sur'atda ösişni boşladi. Jahon aholisi 1800 yildagi milliarddan yetti milliarddan ortiq körsatkiçgaça ösdi, 2030 yilga kelib, 8,6 mlrd kişiga yetadi. Aholisi 100 mln kişidan ortiq bölgan jami 13 ta mamlakat mavjud: Xitoy, Hindiston, AQŞ, Indoneziya, Braziliya, Pokiston, Nigeriya, Yaponiya, Efiopiya, Bangladeş, Rossiya, Meksika va Filippin. Xitoy va Hindistonda mazkur körsatkiç 1 mlrd.dan ortib böldi.
Xitoy - 1,409,516,397

Xitoy – Şarqiy Osiyodagi suveren mamlakat. U 3 million 7 yuz ming kvadrat mil maydonni egallagan. XXRda 56ta etnik guruhlar bor, ulardan eng yirigi xanlar (91,51 foiz).
Xanlar yoki xan – dunyodagi eng köp elat U soni böyiça Sinszyan va Tibetdan taşqari XXRning har bir provinsiyasida ustunlik qiladi.
Hindiston - 1,339,180,127

Hindiston maydoni böyiça dunyoda yettinçi, aholi soni böyiça esa ikkinçi örinni egallaydi. 2011 yilda aholini röyxatga oliş ma'lumotlariga köra, körsatkiç 1 210 193 422 kişini taşkil qilgan. Bu esa raqamlar 2001 yildan 2011 yillarga qadar 17,64 foizgaça ösganini anglatadi. Aholi soni 1998 yilda 1 milliardga yetgan. Prognozlarga köra, 2024 yilga kelib, Hindiston aholisi eng ziç joylaşgan mamlakatga aylanadi. Aholisining 50 foizdan ortiği – 15 yoşdan kiçik.
AQŞ - 324,459,463

Amerika Qöşma Ştatlari 50 ta ştat, 5 ta özini özi boşqaradigan hudud va 1 ta federal okrugdan iborat respublika. AQŞ 3,8 millionga yaqin kvadrat maydonni egallagan. Bu yagona rivojlangan yirik davlat, yaqin yillarda aholisi sezilarli darajada ösişi prognoz qilinmoqda. Aholisi eng ziç joylaşgan ştat Kaliforniya sanaladi (39 mln 536 ming 653 kişi), undan keyin Texas va Florida keladi.
Indoneziya - 263,991,379


















