Lancet jurnalida çop etilgan yangi tadqiqot keyingi asrda dunyo aholisi keskin pasayişini prognoz qildi.
Hozirda dunyoda 7,8 milliardga yaqin odam bor. Tadqiqotga köra, 2064 yilda dunyo aholisining eng yuqori çöqqisi 9,7 milliard atrofida bölişi va 2100 yilda 8,79 milliardga tuşişi kutilmoqda.
Örganişlar 23tagaça mamlakat aholisining 50 foizdan köproqqa qisqarganini körsatdi. Jumladan, aholi soni kamayişi Yaponiya, Tailand, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Janubiy Koreya va boşqa mamlakatlarda tuğiliş darajasi pasayişi va aholining qarişi tufayli yuz bergan.
Hatto Xitoy kabi eng köp aholiga ega mamlakatda ham aholi soni 2017 yildagi 1,4 milliarddan 2100 yilda 732 millionga qisqaradi.
Biroq tadqiqot dunyoning ba'zi qismlarida aholi soni köpayişini prognoz qilmoqda.
Bunga Şimoliy Afrika, Yaqin Şarq va Sahroyi Kabir Afrikasi kiradi: ulardagi aholi soni 2017 yildagi 1,03 milliarddan 2100 yilda 3,07 milliardga köpayadi.
Dunyodagi ikkinçi eng katta aholi mamlakati Hindiston aholisi 2100 yilda 1,09 milliard atrofida böladi.
Tadqiqotning yetakçi muallifi va IHMe institutining global salomatlik böyiça professori Ştayn Emil Vollset IFLScience naşriga bergan intervyusida şunday deydi: “Qora vabo tufayli dunyo aholisi oxirgi marta XIV asr örtalarida qisqargan. Agar bizning prognozimiz töğri bölsa, bu pandemiya yoki oçarçilik kabi hodisalardan farqli ölaroq, birinçi marta aholining kamayişi tuğiliş pasayişi hisobiga sodir böladi.
Tadqiqot şuni körsatadiki, qizlar uçun ta'lim va kontratsepsiya vositalaridan foydalaniş imkoniyatini oşiriş tuğiliş va aholi ösişini sekinlaştiradi.
Bu omillar tuğiliş darajasiga ta'sir qiladi — ayolning butun umri davomida örtaça tuğiş soni bu aholi soni şakllanişining eng katta omilidir. Butun dunyo tuğiliş darajasi barqaror ravişda pasayib, 2017 yildagi 2,37dan 2100 yilda 1,66gaça, aholi sonini saqlab qoliş uçun zarur deb hisoblangan minimal körsatkiçdan ança past bölişi başorat qilinmoqda”, — deya qöşimça qildi u.

















