Germaniyaning Stiftung Weltbevölkerung (DSW) - “Yer aholisi” jamğarmasi 11 iyulda nişonlanuvçi Jahon aholişunoslik kuni arafasida dunyo aholisi soni 7,8 mlrd kişiga yetganini ma'lum qildi.
Jamğarma ma'lumotida ta'kidlanişiça, dunyo aholisi yiliga 82 mln kişiga köpaymoqda. Bu esa deyarli Germaniya aholisiga tengdir. Dunyoda har soniyada örtaça 2,6 bola dunyoga keladi.
Jamğarma şunday ma'lumotlar keltirgan: agar bugungi kunda dunyo 100 kişidan iborat qişloq deb olinsa, undagi 59 kişi Osiyo, 17 kişi Afrika, 10 kişi Yevropa, 8 kişi Lotin Amerikasi, 5 kişi Şimoliy Amerika va bir kişi Okeaniya vakili bölardi.
DSW mutaxassislarining ta'kidlaşiça, aholi ösişining jadal davom etayotgani sabablaridan biri istalmagan homiladorliklar köpligi hisoblanadi. Çunki köplab hududlarda, ayniqsa uçinçi davlatlarda ayollar va qizlar erki özida emas. Ta'kidlanişiça, dunyodagi har beşinçi homiladorlikdan ikkitasi istalmagan hisoblanadi.
DSW ma'lumotlariga köra, bu borada oğir vaziyat Afrikaning Sahroi Kabirdan janubidagi hududda yuzaga kelgan. Bu yerda oxirgi yillarda tuğruq darajasi kamayganiga qaramay, hamon bir ayolga örtaça 4,4 bola töğri keladi, vaholanki, dunyo böyiça bu körsatkiç 2,4 bolani taşkil qiladi. BMT ma'lumotlariga köra, buning natijasida uşbu mintaqa aholisi soni 2050 yilga kelib hozirgi 1,3 mlrd kişidan 2,5 mlrd kişiga yetadi.
Avvalroq Özbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 aprel holatiga köra 34,03 mln kişini taşkil etgani ma'lum qilingandi.

















