Germaniya Dunyo aholisi jamğarmasining (DSW) qayd etişiça, aholining ösişi birinçi navbatda Afrikada kuzatilgan. Ekspertlarning hisoblaşiça, yaqin 20 yil içida uşbu qit’ada yaşovçi aholi soni ikki barobardan oşiqqa köpayişi mumkin.
DSW’ning hisob-kitoblariga köra, 2025 yil 1 yanvar kuni dunyoda 8 milliard 156 million kişi yaşayotgan böladi. Şu bilan birga, Germaniya aholisi deyarli özgarmagan va hozirda salkam 84 million kişini taşkil etmoqda.
BMTning ma’lum qilişiça, 2037 yilga borib sayyoradagi aholi soni 9 milliardga yetadi.
Yer aholisi 2022 yil noyabrda 8 milliardga yetgan edi. 8 milliardlik körsatkiçga yetişda asosiy ösiş Osiyo hisobiga töğri kelgan, şu bilan birga, Hindiston mazkur ösişga «katta hissa qöşgan».
Ma’lumot uçun, 2024 yil dekabriga kelib Markaziy Osiyo aholisi 80 million kişidan oşgan. Sönggi 24 yil içida hududda aholi soni qariyb 1,5 barobar köpaygan.

















