Namangan viloyati Kosonsoy tuman hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari M.Isomiddinov tuman hududidagi anhor böyidagi haşar işlariga tumandagi maktablar xodimlarini jalb etişga körsatma bergani tasdiqlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi ötkazgan tekşiruv xulosasida keltiriladi.

«Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ötkazilgan tekşiruv natijalariga köra Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida joylaşgan 54ta maktab öqituvçilari Kosonsoy tumani Namuna qişloği yaqinidagi anhor böyida olib borilgan quriliş-obodonlaştiriş işlariga jalb qilinib, tegişli tartibda işlaş uçun har bir maktab öqituvçilariga 10 metrdan hudud bölib berilganligi hamda mazkur işlarga majburiy ravişda jalb qilinganligi holatlari aniqlandi.

Şunga muvofiq, Namangan viloyati, Kosonsoy tuman hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari M.Isomiddinovga nisbatan Özbekiston Respublikasi mehnat qonunçiligi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi «Özbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 349-sonli qarori talablariga zid ravişda maktab xodimlarini quriliş işlariga jalb qilganligi yuzasidan ma'muriy bayonnoma tuzildi va Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 51-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortildi», deyiladi Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi ma'lumotida.

Kosonsoyda öqituvçilar beton quyişga olib çiqilgani töğrisidagi «Namanganda öqituvçilar beton quyişdi. Har bir maktab uçun alohida joy ajratilgan» sarlavhali maqola Kun.uz saytida 2 iyul kuni e'lon qilingandi.

3 iyul kuni esa 2019 yil yanvaridan buyon tumanga hokimlik qilib kelayotgan Bahodir Tursunoviç Yusupov (u 2009-2015 yillarda Namangan viloyati hokimi, 2018-2019 yillarda Qişloq xöjaligi vaziri bölgan) ijtimoiy tarmoq orqali çiqişida bu ma'lumotga raddiya bergan va maqolani işonçli manbalarga asoslanmagan deb baholagandi.

«Aytişim kerakki, barça sevib öqiydigan, eng işonçli ma'lumotlar beriladigan Kun.uz saytida Kosonsoydagi birorta ijobiy iş yoritilmagan.