Buxoro şahrining qadimiy markazida joylaşgan, Fransiyaning «Karvonsaroylar assotsiatsiyasi» uyuşmasi va fransuz metsenatlari mablağlari evaziga mukammal rekonstruksiya qilingan Fathulloxon va Ayoz karvonsaroylari Buxoro şahridagi «Temur’s restaurant» umumiy ovqatlaniş korxonasi rahbari Temur Tillayevga ijara asosida berilayotgani, bu qadimiy va tarixiy göşada ovqatlaniş joyi oçilişi haqidagi taşvişli xabarlar Kun.uz tahririyatiga ham kelib tuşgan edi.

Kun.uz muxbirlari Buxoro şahrida bölib, mazkur masalani sinçiklab örgandi. Çunonçi, restavratsiyadan çiqarilgan obektga elektr simlari ötkaziş uçun suvoqlar köçirilganiga guvoh böldik (Yaqin kunlarda bu mavzudagi videoreportaj saytimizda e'tiboringizga havola etiladi — tahririyat).

Foto:Troll.UZ

Xususan, karvonsaroylar ahvolidan xabar olişga borganimizda, «Temur’s restaurant» umumiy ovqatlaniş korxonasi rahbari Temur Tillayev Kun.uz muxbirlariga bu yerga kiriş mumkin emasligini, u ijaraga olgani va obekt unga qaraşli ekanini aytib tösqinlik qildi, tahririyat nomiga tuhmat va haqoratli gaplarni aytdi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 martdagi №53-sonli «Moddiy madaniy meros obektlarini va ularga tutaş hududlarni ularni obodonlaştiriş va zarur holatda saqlaş böyiça investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori bilan tasdiqlangan «Moddiy madaniy meros obektlarini va ularga tutaş hududlarni ularni obodonlaştiriş va zarur holatda saqlaş böyiça investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga beriş tartibi töğrisida»gi Nizomga köra tarixiy obektlar ijaraga berilişi mumkin.

Biroq, restavratsiya qilingan obektlarda işlarning barça turlarini bajarişga, şu jumladan uning taşqi körinişini, intereri va tutaş hududni işçi organ bilan yozma kelişuvsiz özgartirişga yöl qöyilmasligi belgilab qöyilgan.

Kun.uz muxbirlari keyinroq qulf osilgan karvonsaroy oçilgaç, Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari O.Jörayev, Buxoro şahar hokimining investitsiyalar böyiça örinbosari K.Davronov, Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş mintaqalararo davlat inspeksiyasi mutaxassisi U.Hakimov iştirokida obektni közdan keçirişdi.