Özbekistonning Seul şahridagi (Koreya Respublikasi) elçixonasi konsullik bölimi çet ellik talabalar, jumladan ikki nafar Özbekiston fuqarolarining velosipedlar öğirlagani va Çonju şahri politsiyasi tomonidan qölga olingani töğrisidagi OAVda tarqalgan ma'lumotni tasdiqladi.
Taşqi işlar vazirligi xabarida aytilişiça, ayni paytda tergov işlari olib borilmoqda.
Elçixona huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan aloqa örnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.
Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga zarurat vaziyatlarda Seul şahridagi elçixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötgan: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.













