“Yuksaliş” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov uy va inşootlar buzilişi kabi holatlarga munosabat bildirdi.
Uning hisoblaşiça, şahar va tumanlar, qişloqlar va mahallalarni obodonlaştiriş, infrastrukturasini yaxşilaş aholining turmuş darajasini yaxşilaşga qaratilişi, umuman olganda, davlat va mahalliy budjetlarning katta qismi ijtimoiy sohaga ajratilayotganligi pozitiv jarayondir.
Şu bilan birgalikda, hududlarni kompleks rivojlantiriş dasturlarini ijro etişga mas'ul alohida mahalliy boşqaruv organlarining tartibsiz harakatlari, şu jumladan qonunda belgilangan tartiblarga zid ravişda ogohlantirişlarsiz, kompensatsiyalarni töliq tölamasdan, uy egalari va tadbirkorlarning roziligini olmasdan xususiy yer uçastkalarining davlat hamda jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi holatlari kuzatilyapti.
“Qator ziddiyatli vaziyatlar, ayniqsa sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng rezonans uyğotgan Yakkaboğdagi ikki holat, Rişton, Yangiyöl tumanlari va Urganç şahridagi fuqarolar va hokimiyat vakillarining oçiq konfrontatsiyasi kabi holatlar hammamizni taşvişlantirmoqda”, - deb yozadi Akmal Burhonov.
Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan doimiy tarzda yöl qöyilayotgan kamçiliklar, jumladan:
- Qisqa davr içida bir hokimning ruxsati bilan qurilgan inşootlarning boşqa bir hokimning qarori bilan buzilişi;
- Obektlarning buzilişi haqida qonuniy ogohlantiriş berilmasligi;
- Tarixiy ahamiyatga ega bölgan obektlarning buzilişi;
- Fuqarolarning roziligisiz boşqa turar joylarga majburiy köçirilişi;
- Buzilayotgan uylar uçun kompensatsiya pullarining vaqtida berilmayotganligi yoki uning miqdorlari sezilarli darajada kamligi;
- Hokimiyat vakillarining uy-joy egalari bilan qöpol munosabatda bölişi, elementar muloqot madaniyatining yöqligi va boşqa köplab muammolarning guvohi bölinyapti.
Şu sababli, “Yuksaliş” umummilliy harakati bu kabi holatlarga barham berişga yönaltirilgan tizimni yaratiş böyiça takliflarni işlab çiqayotgani aytiladi:
- Hududlarni uzoq yillik strategik rivojlantiriş rejalari, boş planlarini işlab çiqiş;

















