Keça, 28 iyul kuni Xalqaro armiya öyinlarida iştirok etiş uçun Mudofaa vazirligining “Foriş” toğ poligoniga kelgan xorijlik harbiy delegatsiya vakillari Samarqand şahrini ziyorat qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.
Angola, Zimbabve, Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Myanma hamda Vetnamdan kelgan mehmonlar dastlab Registon ansamblidan örin olgan me'moriy majmualar bilan tanişdi. Şundan söng ular Şohi Zinda majmuasi hamda Bibixonim madrasasini ziyorat qilişdi.
Mirzo Uluğbek rasadxonasi va Göri Amir maqbaralarida bölgan mehmonlar hayratda qoldi.
Sayohat yakunida tanovul qilingan samarqandça palov mazasi mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi.


























