Bugun, 29 iyul kuni butun Özbekiston böylab OTMlarga kiriş imtihonlari boşlandi. Bilasiz, hozir imtihonlar oldingi kabi bir kunda emas, 15 kun davomida ötkaziladi. Avval hamma OTM uçun biror maktab yoki qandaydir bino ajratilar va belgilangan oliygohga imtihon topşirganlarning bari öşa yerga yiğilardi. Bunday holatda qinğirlik qiliş oson edi. Ammo hozir testlar boşqaça ötadi.
Abituriyentlar viloyat yoki şahar markazidagi biror binoda töplanib, imtihon topşirişadi. Bitta binoda bir neça xil oliygohga hujjat topşirgan abituriyentlar bir vaqtning özida imtihon topşirişlari mumkin. Samarqanddagi testlar olimpiya zahiralari sport kollejida ötkazilmoqda.




Imtihonlar ertalab va tuşdan söng ikki smenada ötkazildi. Taşkilotçilarning aytişiça, binolardagi abituriyentlar yoşiga qarab bölingan va bu test jarayonidagi şaffoflikni ta'minlaş uçun muhim. Biz kunning ikkinçi yarmida test jarayonlarini kuzatiş uçun borganimizda, ança abituriyentlar hamon imtihon topşirayotgan edi.

Kollejdagi ikki yirik zalda köplab nazoratçilar abituriyentlarning test işlaş jarayonini tekşirib turişibdi. Nazoratçilar maktab, kollej va OTM öqituvçilaridan tanlangan. Zalda konditsionerlar örnatilgan va test işlaş uçun barça şaroit bor.





























