Buxoro şahrining tarixiy markazida — Nodir devonbegi madrasasining orqa tomonidagi daraxtlar ekilgan kiçikroq maydon örab qöyilgani mahalliy faollar va blogerlarning haqli e'tirozlariga sabab bölmoqda.



Loyihaga köra, bu yerda yertölali zamonaviy qahvaxona bunyod etilişi rejalaştirilgan. Buning uçun avvalo bu maydonçadagi daraxtlar kesiladi, albatta.


Kun.uz’ning Buxoro şahridagi manbasi ma'lum qilişiça, 1992 yilda uşbu maydonga şarqona uç közaning dekorativ konstruksiyasi — öziga xos yodgorlik örnatilgan bölgan. Keyinçalik ular buzib taşlangan va maydonda daraxtlar va ötloq qolgan.

2018 yilda Bahouddin Naqşband köçasi böyida joylaşgan boğça içidagi aylana, silindrsimon qahvaxona buzib taşlangan va örni avtomobillar turar joyiga aylantirilgan.



Bizga ma'lum bölişiça, Nodir Devonbegi madrasasi orqasidagi Mehtar Anbar va Bahouddin Naqşband köçalari kesişmasida joylaşgan daraxtzor maydon Buxoro şahar hokimligi tomonidan öşa buzib taşlangan qahvaxona evaziga uning egalariga qahvaxona va turistik axborot markazi barpo etiş uçun berilgan.





















