4 avgust kuni start beriladigan Xalqaro armiya öyinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida iştirok etiş uçun Özbekistonga kelgan 10 ta xorijiy davlat harbiylari qizğin tayyorgarlikni boşlab yubordi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Jamoalar xalqaro tanlov doirasida erkak va ayol harbiy xizmatçilar individual mahoratlarini AK-74 avtomati va PM pistoletidan otiş, TAYFUN-K harbiy texnikasi orqali tösiqli yöllarni yengib ötiş, tibbiy xizmat harbiylarining majmuaviy maşğulotlari (tösiqli yölak va şaxsiy mahorat) hamda maxsus harbiy texnikani haydaş mahorati şartlari böyiça tayyorgarlik maşğulotlarida namoyiş etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Jahonning turli mintaqalaridan taşrif buyurgan mehmonlar amaliy tajribalariga işonç hosil qilibgina qolmay, Özbekistonning iqlimiga moslaşmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Qardoş özbek xalqining naqadar tantiligi, mehmondöstligiga yana bir bor amin böldik. Buning uçun men, özbek xalqiga Ozarbayjon xalqi nomidan rahmat aytaman. Kayfiyatimiz a'lo darajada... Ayni damda otiş tayyorgarligi maşqlarini bajaryapmiz. Yuz va ellik metr uzoqlikda joylaşgan nişonni yakson qiliş tajribali merganlarga murakkablik tuğdirmadi”, – deydi ozarbayjonlik tibbiy xizmat katta leytenanti Guntekin Mamedzoda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati