Qozoğiston poytaxti Nur-Sultonda Xitoydan kelayotgan yölovçi samolyoti şikastlangan şassi bilan favqulodda qönişni amalga oşirdi. Bu haqda Qozoğiston sanoat va infratuzilmaviy rivojlaniş vazirligida ma'lum qilindi.  

Fuqarolik aviatsiyasi qömitasi ma'lumotlariga köra, favqulodda qönişni mahalliy Scat aviakompaniyasining VSV464 reysi bilan Xitoyning Sanya şahridan Nur-Sultonga parvoz qilgan Boeing757 samolyoti amalga oşirgan.

Samolyot mahalliy vaqt bilan 16:58 da qöngan, undagi 234 yölovçi va ekipajning 7 a'zosidan heç kim jabrlanmagan.

Ta'kidlanişiça, samolyotning asosiy çap şassisining orqa ğildiragi sirti noma'lum buyumga tegişi oqibatida şikastlangan. Keyinroq uçiş-qöniş yölagida rezina bölaklari topilgan. 

Uşbu holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.