2019 yil 19 avgust kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida sudlanuvçilar - Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining sobiq rahbari Ravşan Ibragimov va agentlikning sobiq rahbari va sobiq rahbarning sobiq örinbosari Uluğbek Nazarov, şuningdek, Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Fuqarolarni çet elda işga joylaştiriş masalalari departamenti Çet elda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş istagida bölganlarni topiş va röyxatga oliş bölimining sobiq boşliği Alijon Abdullayev va Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Jönab ketişdan oldingi moslaştiriş va öqitiş markazining sobiq direktori Ozod Maxsudovga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari vazifasini bajaruvçi Aziz Obidovning Kun.uz’ga xabar berişiça, mazkur jinoiy iş jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi Orif Qiliçev raisligida hamda xalq maslahatçilari X. Rixsiyeva va G. Qosimovadan iborat sud tarkibida körib çiqildi.
Sud hukmiga köra, Ravşan Ibragimov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi, 28,211-moddasi 3-qismi «a», «b» bandlari va 278-2-moddasi 2-qismi «v», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil ötaş uçun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.

Foto: Kun.uz
Uluğbek Nazarov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a», «b» bandlari, 278-2-moddasi 2-qismi «v», «g» bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil ötaş uçun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.


















