Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, adabiyot, madaniyat va san'at sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida”gi farmonni imzoladi. 

Hujjatga köra, “Diydor” teatr-studiyasi badiiy rahbari Bahodir Yöldoşev “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotlandi.

Farmonda qayd etilişiça, Bahodir Yöldoşev xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma'naviyatini yuksaltiriş, madaniyat, san'at sohalarini rivojlantirişdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlaş, yurtimiz taraqqiyoti, tinçligi va barqarorligini ta'minlaş işiga qöşgan munosib hissasi hamda jamoatçilik işlaridagi köp yillik samarali iştiroki uçun mukofotlandi.

Ma'lumot örnida: Özbekiston Xalq artisti, teatr rejissyori Bahodir Yöldoşev 1945 yilda Samarqand viloyatining Kattaqörğon şahrida san'atkorlar oilasida tuğilgan. U 1970 yilda Toşkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan. 1971—1974 yillarda Hamza nomidagi Özbek akademik drama teatrida rejissyor, 1974—1984 yillarda boş rejissyor bölib işlagan. Özbek teatriga yangiliklar kiritiş, uni yanada yuksaltiriş niyati bilan iş boşlagan Bahodir Yöldoşev Uyğunning "Abu Ali ibn Sino", "Beruniy", "Zebunniso", Said Ahmadning "Kelinlar qözğoloni", Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarlarini sahnaga qöyib, madaniy jamoatçilik nazariga tuşgan. 

Bahodir Yöldoşev 1984 yildan boşlab Abror Hidoyatov nomli Özbek Davlat drama teatrida badiiy rahbar sifatida faoliyatini davom ettirgan. Bu teatrda u "Maysaraning işi", "Farmonbibi arazladi", "Paranji sirlari", "Qora kamar", "Ziyofat", "Iskandar", "Firidun", "Nodirabegim", "Ipak yöli" kabi asarlarni sahnalaştirgan. Bu spektakllar matbuotda ijobiy baholanib, ularning köpçiligi Xalqaro va Özbekiston teatr festivallarining mukofotlari bilan taqdirlangan. 

Bahodir Yöldoşev mustaqillik yillarida "Şarq taronalari" Xalqaro musiqa festivali, Özbekiston Respublikasi mustaqilligi va Navröz bayramlariga bağişlangan tadbirlarning boş rejissyori sifatida madaniy jarayonda faol iştirok etib kelmoqda.