Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Bahriddin Isomovga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari tamomlandi. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Jinoyat işi qözğatilişiga, 2019 yil 20 iyul kuni Bahriddin Isomov Yakkaboğ tumanidagi “Eski Yakkaboğ” qörğoni köçalarida obodonlaştiriş va quriliş işlari jarayonida tuman hokimining örinbosari Mansur Töymayevning yuz qismiga benzin sepib, uni yoqib yuborib, öldirişga suiqasd qilganligi holati yuzasidan töplangan hujjatlar asos bölgan.
B.Isomov JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “g, l” bandlari bilan ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinib, sudning ajrimiga asosan ehtiyot çorasi sifatida “qamoq” qöllanilgan.
Tergov davomida ötkazilgan sud psixologiya ekspertizasining xulosasiga köra, ayblanuvçi B.Isomov mazkur jinoyatni sodir qilgan vaqtida kuçli ruhiy hayajonlaniş holatida bölgan.
Yuqoridagilarga köra, ayblanuvçi B.Isomovga nisbatan e'lon qilingan ayblov JKning 25, 98-moddasiga qayta malakalanib, qöllanilgan “qamoq” ehtiyot çorasi, “garov” ehtiyot çorasiga özgartirilgan.
Bundan taşqari, tergov davomida Yakkaboğ tumani hokimining örinbosari M.Töymayevning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, unga nisbatan JKning 192-1-moddasi 3-qismi “a” bandi va 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov e'lon qilingan hamda munosib xulq-atvorda böliş haqidagi “tilxat” ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Jinoyat işi 2019 yil 30 avgust kuni ayblov xulosasi bilan JIB Yakkaboğ tumani sudiga yuborildi.
Kun.uz suriştiruvi: Yakkaboğda tadbirkor hokim örinbosarini yoqib yubormoqçi böldi. Sabab nimada?Hokim örinbosarini yoqib yuborişga uringan tadbirkor qayerda? Boş prokuratura oydinlik kiritdi
















