AQŞning Jorjiya ştatida ovçilar uzunligi 4,3 metr va oğirligi 318 kg keluvçi ulkan timsohni uşlaşdi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar berdi.

Bu AQŞda tutilgan eng katta timsohdir. Avvalgi rekord 2013 yilda tutilgan timsohga tegişli bölgan. Uning uzunligi 4,21 smni taşkil qilgandi.
Timsohni Merivezer okrugida yaşovçi Derrik Snelson tutgan. U ovga 16 yoşli qizi va professional timsoh ovlovçilar bilan borgan.

Erkakning aytişiça, ular timsohning boşini darrov payqaşgan, biroq uni muvaffaqiyatli nişonga oliş uçun 5 soatdan köproq kutişga töğri kelgan: u har safar 10 soniyaga suv ustida körinib, keyin 45 daqiqaga suv ostida ğoyib bölgan.
















