Özbekiston va Tojikiston harbiylari şartli terrorçilarni yöq qiliş böyiça qöşma maşqlar ötkazadilar.
Qöşma maşqlar 16-21 sentabr kunlari Namangan viloyatida joylaşgan «Ğurumsaroy» harbiy poligonida bölib ötadi.
Tojikiston Mudofaa vazirligi tezkor reaksiya bildiriş kuçlari, piyoda askarlar, desantçilar va aviatsiya qöşni davlatda bölib ötadigan harbiy maşğulotlarda qatnaşişini ma'lum qilgan.
Tojikiston mudofaa vaziri matbuot xizmati boşliği Orif Nozimiyonning aytişiça, maşğulotlarda harbiy vertolyotlar ham iştirok etadi.
Rejaga köra, harbiylar «terrorçilar guruhi»ni yöq qilişlari kerak. Şartli duşmanga qarşi kuraşda ham quruqlikdagi qöşinlar, ham aviatsiya iştirok etadi. Tojikiston Mudofaa vazirligi qöşni respublikaga qança miqdorda harbiylar jönatilişi haqida aniq ma'lumot bermayapti, biroq ikkala tomondan umumiy iştirokçilar soni 200 nafar atrofida bölişi mumkin.

















