Özbekistonda 900 ga yaqin korxona va taşkilotlarda 6700 dan ortiq radioaktiv manbalar hamda Yadro fizikasi institutida 150 dan ziyod yoqilği körinişidagi yadroviy materiallar mavjud. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Farrux Dadaxöjayev yozmoqda.
Qayd etilişiça, uşbu radioaktiv manbalar va yadroviy materiallardan foydalanişda radiatsiyaviy xavfsizlik, ya'ni inson soğliği yoki atrof-muhitga zarar yetkazilişining oldini olişga qaratilgan çoralarini ta'minlaş dolzarb masala hisoblanadi.
Senatning yigirma birinçi yalpi majlisida ma'qullangan hamda 2019 yil 10 sentabr kuni davlat rahbari tomonidan imzolangan “Atom energiyasidan tinçlik maqsadlarida foydalaniş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonunida şu kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilgani aytiladi.
Fuqarolarning hayoti va soğliğini, jismoniy hamda yuridik şaxslarning mol-mulkini himoya qiliş, qolaversa, atrof-muhitni muhofaza qiliş ustuvorligi, xavfsizlikning ta'minlanişi, axborotning oçiqligi, yadroviy qurol va boşqa yadroviy portlovçi qurilmalar işlab çiqarişning taqiqlanişi atom energiyasidan foydalanişning asosiy prinsiplari hisoblanadi.
Qonunda atom energiyasini rivojlantiriş va undan foydalaniş sohasidagi yagona davlat siyosati va strategik yönalişlarni işlab çiqiş böyiça vakolatli davlat organi sifatida Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligining, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boşqa davlat organlari, taşkilotlari va muassasalarining vakolatlari belgilandi.
Şu bilan birga, atom energiyasidan tinçlik maqsadlarida foydalaniş sohasidagi faoliyatni litsenziyalaş, bu sohasidagi işlarni olib boriş huquqi uçun ruxsatnoma beriş, davlat nazorati va tekşiruvi, yadroviy qurilma va saqlaş punktining xavfsizligini davriy baholaş, uni joylaştiriş hamda barpo etiş tartibi joriy etildi.
Bundan oldin, Özbekistonda yadroviy qurilmani barpo etiş töğrisidagi qaror faqat prezident tomonidan bekor qilinişi xabar berilgandi.

















