Özbekistonda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlaş punktini barpo etiş töğrisidagi qarorni bekor qiliş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga köra Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan amalga oşiriladi. Bu haqda Atom energiyasidan tinçlik maqsadlarida foydalaniş töğrisidagi qonunda aytilgan.

Qayd etilişiça, atom energiyasidan foydalaniş obektlarining xavfsizlik darajasi pasayişiga, atrof-muhit holatining yomonlaşuviga yoki boşqa salbiy oqibatlarga sabab böluvçi qöşimça omillar aniqlangan taqdirda, yadroviy qurilmani va (yoki) saqlaş punktini barpo etiş töğrisidagi qaror uşbu obektlarning va (yoki) atom energiyasidan foydalaniş sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslaşga doir ekspertiza xulosalari asosida bekor qilinişi, ularning barpo etilişi esa, tugatilişi yoki töxtatib turilişi kerak. 

Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvçi organlar, vakolatli davlat boşqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organlari yadroviy qurilmani va (yoki) saqlaş punktini barpo etiş töğrisidagi qarorni bekor qiliş haqida atom energiyasidan foydalaniş obektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalaniş sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslaşga doir ekspertiza asosida qöşimça omillarni asoslantirgan holda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi. 

Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlaş punktini barpo etiş töğrisidagi qarorni bekor qiliş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga köra Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oşiriladi.

Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlaş punktini barpo etiş tugatilganligi yoki töxtatib turilganligi bilan boğliq zararlarning örni uşbu omillar qaysi yuridik şaxslarning aybi tufayli öz vaqtida aniqlanmagan hamda hisobga olinmagan bölsa, öşa şaxslar hisobidan sud tartibida qoplanişi lozim. Barça boşqa hollarda mazkur obektlarni barpo etiş tugatilganligi yoki töxtatib turilganligi bilan boğliq zararlarning örni Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplanişi lozim. 

Atom energetikasi sohasidagi vakolatli organlar belgilandi