10 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi rahbar xodimlari iştirokida matbuot anjumani taşkil etildi.
Vazir örinbosari Sarvar Buzrukxonov stipendiyaning qat'iylaştirilgan qiymati va uning joriy etilişini quyidagiça izohladi:
«Yangi joriy qilingan stipendiyali va stipendiyasiz öqiş tizimi keç e'lon qilindi. Şunga qaramay, joriy yil sentabr oyidan bu tizm töliq işga tuşadi. Joylarda muammo bölmasligi kerak. Qat'iylaştirilgan 400 ming sömlik stipendiya davlat budjeti asosida öqiydiganlar uçun ham, kontraktda öqiydiganlar uçun ham joriy etiladi».
Şuningdek, u oliy ta'lim muassasasida ta'lim olayotgan talabalar qöşimça rağbatlantirilişi, bu davlat budjeti va OTM maxsus fondidan amalga oşirilişini ta'kidladi.
Unga köra davlat grantida öqiydigan talabalar semestrni «4» va «5» bahoga özlaştirsa, davlat budjeti hisobidan 50 foizgaça rağbatlantiruvçi mablağ ajratiladi.
Kontrakt asosida öqiydigan talabalar «4» va «5» baholarga özlaştirgan taqdirda esa ularga Oliy ta'lim muassassida taşkil etiladigan fond hisobidan 50 foizgaça miqdorida rağbatlantiruvçi mablağ ajratiladi.
«Özlaştirişi yaxşi bölgan, ilmiy va jamoatçilik işlarida faol bölgan talabalarga stipendiyaning 50 foizigaça (200 ming sömgaça) miqdorda qöşimça rağbatlantiriş berilişi mumkin. Bunday qöşimça stipendiyani kimga berişni rektorlar hal qiladi. Bunday rağbatlantiriş mablağlari grantda öqiydiganlar uçun davlat budjetidan, kontraktda öqiydiganlar uçun esa OTMlarning har birida taşkil etiladigan fond hisobidan ajratiladi», degan vazir örinbosari.
Bu tizim 1, 2 va 3-kurs talabalarining barçasi uçun işlaydi. Bitiruvçi kurs talabalari eski stipendiya tizimida (ya'ni ular uçun avvalgidek «3», «4» va «5»lik stipendiya tartibi) öqişni davom ettiradi. Bitiruvçi kurslardagi tabaqalaştirilgan stipendiya tölovi saqlab qolinişi faqat davlat granti asosida öquvçi talabalar uçun amalda böladi.
Şuningdek, qat'iylaştirilgan stipendiya faqat birinçi kurs magistrlar uçun amal qiladi. Magistratura ta'limidagi barça bitiruvçilar eski tizim (özlaştirişiga qarab) asosida stipendiya olişda davom etadi. Stipendiyali va stipendiyasiz öqiş tizimi oşirilgan kontrakt asosida öqiydiganlar uçun ham joriy qilinadi.

















