Özbekistonda qöşilgan qiymat soliği miqdori 20 foizdan 15 foizga pasaytiriladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş hamda davlat budjetiga kafolatlangan tuşumlarni ta'minlaş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida aytib ötdi.
Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yilidagi misli körilmagan qadam nafaqat Özbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida investitsiya va iqtisodiy ösişning asosiy omili bölişi lozim.
Albatta, soliqçilikdagi bu harakat davlat uçun ixtiyoriy va oğir qadam böladi, çunki budjetga soliq tuşumlarining uçdan bir qismi QQS hisobiga ta'minlanadi.
Ammo davlat budjeti daromadlarining qisqarişi xavfiga qaramay, soliq yukini kamaytiriş va mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirişga ustuvor ahamiyat berildi.
Mazkur qaror soliq yukini kamaytiradi va soliq tölovçilar ixtiyorida 10 trln söm qolişiga imkon beradi. QQS stavkasining 15 foizga pasaytirilişi pul-kredit siyosatining yumşatilişi va Özbekiston bozorida narxlarning barqarorlaşuvi belgisidir.
Ma'lumki, amaldagi 20 foizlik soliq stavkasi 2000 yilda örnatilgan va sönggi 19 yil içida qayta körib çiqilmagan. Ta'kidlaş joizki, Özbekiston 2008 yildagi global moliyaviy inqirozdan keyin QQS stavkasini sezilarli darajada pasaytirişga erişgan birinçi mamlakat böldi (25 %).
Özbekiston soliq siyosatidagi sönggi özgarişlar hukumatning oçiqligi va mamlakat rivojlanişiga yangi impuls izlaş uçun biznes hamjamiyati bilan muloqotda konstruktiv munosabatda bölişga qaratilgan.
Korzinka.uz tarmoğining asosçisi va rahbari Zafar Hoşimov ham prezidentning qöşilgan qiymat soliği stavkasini kamaytiriş böyiça topşiriği muhim voqealardan biri ekanligini bildirib ötgandi.
«Mubolağasiz aytiş mumkinki, uşbu vazifa yangi Soliq kodeksi loyihasini muhokama qiliş jarayonidagi eng muhim voqeadir. Soliq stavkalari, birinçi navbatda, QQS stavkasining soliq tölovçilar bazasini parallel ravişda kengaytiriş va uşbu soliq böyiça barça imtiyozlarning bekor qilinişi jarayonida pasaytirilişi yaşirin iqtisodiyot sektorining qisqarişiga yordam berib, soliq solişni biznes uçun yanada adolatli qiladi», - deb yozdi Hoşimov Facebook’dagi sahifasida.













