Rossiyaning yangi avloddagi MS-21-300 yölovçi samolyoti birinçi xalqaro parvozini muvaffaqiyatli amalga oşirdi. 

Ta'kidlanişiça, layner öz tarixidagi ilk xalqaro körgazma – Istanbulda 17-22 sentabr kunlari ötadigan aviatsiya, koinot va texnologiya festivali “Teknofest 2019”ga keldi.  

Samolyot Moskva oblastidagi Jukovskiy aerodromidan havoga kötarilib, 2,5 ming km masofani 3,5 soatda uçib ötgan. 

Ta'kidlanişiça, samolyot parvozda özini yaxşi körsatgan, barça tizimlari soz işlagan.  

Samolyotni yaratgan “Irkut” korxonasi boş direktori Ravil Xakimov körgazma davomida samolyot taqdimoti ötkazilişi rejalaştirilayotganini ma'lum qilgan.  

MS-21-300 yangi avloddagi yaqin va örta magistral yölovçi samolyoti bölib, öz bortiga 150 dan 211 nafargaça yölovçini olişi mumkin. Ilk parvozi 2017 yil mayida ötgan. Samolyotni sertifikatlaştirişni 2020 yilda yakunlaş rejalaştirilgan, seriyali işlab çiqarilişi esa 2021 yildan boşlanişi kutilmoqda.