Boks böyiça Yekaterinburg şahrida ötkazilayotgan jahon çempionatida töqqizinçi kun bellaşuvlari yakunlandi va Özbekiston boks terma jamoasining yana ikki vakili çorak finalga yöllanma oldi.
Dastlab, -81 kilogramm vazn toifasidagi Dilşodbek Rözmetov nimçorak finalda ruminiyalik Andrei Aradauga qarşi ringga kötarilib, 5:0 hisobida ğalaba qozondi.



Eng oğir vazn toifasida Bahodir Jalolov (+91 kg) ukrainalik Tsonte Rogavaga qarşi jang qilib ğalaba qozondi va keyingi bosqiçga çiqdi.



Şu tariqa çorak finalga yöl olgan özbekistonlik boksçilar soni beş nafarga yetdi.
Bungaça Özbekiston boks terma jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Şahobiddin Zoirov, -57 kg vazn toifasidagi Miraziz Mirzaxalilov va -69 kilogramm vazn toifasidagi Bobousmon Baturov çorak final yöllanmasini qölga kiritişgandi.
Terma jamoaning uç vakili esa turnirdagi iştirokini erta yakunladi. Biroz oldinroq, -91 kg vazn toifasidagi Sanjar Tursunov hindistonlik Sanjit Sanjitga yutqazib, turnirdagi iştirokini yakunladi. Ungaça -75 kg vazn toifasi vakili Fanat Qahramonov
















