Cambridge Assessment International Education kompaniyasining yetakçi mutaxassislari Stiv King va Dominik Sleyd Britaniya Kengaşi loyihasi doirasida xalq ta'limi tizimini tahlil qildi. Olingan ma'lumotlarga asoslanib, maktabda ta'limni yanada takomillaştiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqiladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

Cambridge Assessment International Education vakillari Stiv King va Dominik Sleyd yurtimizga taşrifi davomida xalq ta'limi sohasida faoliyat yurituvçi turli taşkilotlar bilan uçraşuvlar ötkazdi. Mutaxassislar uçraşuv doirasida qator maktab direktor va öqituvçilari, şuningdek, öquvçi hamda ularning ota-onalari bilan suhbatlaşdi.

Xususan, mazkur uçraşuvlar davomida britaniyalik mutaxassislar xalq ta'limi tizimini örganişdi. Natijalarga köra, britaniyalik maslahatçilar tomonidan xalq ta'limi tizimining kuçli va zaif tomonlari aniqlanib, dastlabki tavsiyalar işlab çiqildi. Mazkur tavsiyalar Xalq ta'limi vazirligi rahbariyatiga taqdim etildi.

Ekspertlarning ta'kidlaşiça, Özbekistonda öqituvçilar mavqei tobora ösib bormoqda. Öquvçilar va ularning ota-onalari muallimlarni qadrlaydi. Mutaxassislar tomonidan öquv dasturi yuqori baholandi.

Şu bilan birga, ba'zi kamçiliklar ham qayd etildi. Mutaxassislar 10- va 11-sinf öquvçilariga kiriş imtihonlariga tayyorgarlik köriş uçun fanlarni tanlaş imkoniyati beriş kerakligini tavsiya qildi. Milliy öquv dasturini işlab çiqiş, kompetensiyali yondaşuv asosida öqitişni yengillaştiriş uçun darsliklarni qayta körib çiqiş taklifi berildi. Şuningdek, pedagogik universitetlarga yuqori bilimga ega abituriyentlarni jalb qiliş zarurligi qayd etildi.

Britaniyalik mutaxassislar maktablar faoliyatini baholovçi ixtisoslaştirilgan taşkilot tuzişni va öqituvçilarni sertifikatlaş tizimini qayta körib çiqişni taklif qildi. Şuningdek, ekspertlar xalq ta'limi tizimida aniqlangan muammolar dunyoning boşqa mamlakatlariga ham xos ekanligini ta'kidladi.

Xalq ta'limi vazirligi rahbariyati mutaxassislarga tizim böyiça yakuniy hisobotni tayyorlaşda yana nimalarga e'tibor qaratiş kerakligi borasida öz tavsiyalarini berdi.

Cambridge Assessment International Education mutaxassislari Stiv King i Dominik Sleyd olingan ma'lumotlarga asoslangan holda yakuniy hisobot tayyorlaydi. Mazkur hisobotda xalq ta'limi tizimidagi kuçli tomonlar va mavjud muammolar, şuningdek, tizimni takomillaştiriş böyiça tavsiyalar körsatiladi.