Adliya vazirining tegişli buyruği bilan Islambek Rustambekoviç Rustambekov Toşkent davlat yuridik universitetining öquv işlari böyiça prorektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

U bu lavozimda Mansurxon Muxtaroviç Kamalovning örnini egalladi.

Foto: Adliya vazirligi

Islambek Rustambekov 1985 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, millati özbek, ma'lumoti oliy, 2007 yilda Toşkent davlat yuridik institutini, 2009 yilda Toşkent davlat yuridik institutining magistratura yönalişini tamomlagan, mutaxassisligi huquqşunos, yuridik fanlari doktori.

U mehnat faoliyatini 2010 yilda Toşkent davlat yuridik instituti aspiranti lavozimidan boşlab, 2010-2013 yillarda Toşkent davlat yuridik instituti «Xalqaro xususiy huquq» kafedrasi öqituvçisi, katta öqituvçisi, 2013-2017 yillarda Toşkent davlat yuridik universitetining «Xalqaro tijorat huquqi» kafedrasi mudiri, 2017-2017 yillarda Toşkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi mudiri, 2017-2018 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi Fuqarolik jamiyati institutlari boşqaruvi kafedrasi mudiri, 2018 yil (aprel-iyun)da Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Xalqaro va xorijiy taşkilotlarda Özbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qiliş boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçisi lavozimlarida işlagan.

Yuridik fanlar doktori bölmiş Islambek Rustambekov şu kungaça Adliya vazirligining Xalqaro va xorijiy taşkilotlarda Özbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qiliş boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelayotgandi.

Bundan avvalroq Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Oliy Majlis huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori Rahim Hakimov Toşkent davlat yuridik universitetining yangi rektori etib tayinlangani xabar qilingandi. U bu lavozimda ötgan oy işdan olingan Yesemurat Kanyazov örnini egalladi.