Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahkumlarning huquqlariga rioya qilish ustidan parlament nazorati bo‘yicha milliy preventiv mexanizm yaratiladi
O‘zbekistonda mahkumlarning huquqlariga rioya qilish ustidan parlament nazorati bo‘yicha milliy preventiv mexanizm yaratiladi. Bu haqda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, parlament quyi palatasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovning BMT Inson huquqlari Kengashining sudyalar va advokatlar mustaqilligiga oid masalalar bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ta'kidlanishicha, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi hamda BMT va uning tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashqi siyosiy sheriklar bilan hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan, qamoqqa olingan va ushlab turilgan, shuningdek, ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarning huquq va erkinliklariga rioya qilish ustidan parlament nazoratini amalga oshirishga qaratilgan milliy preventiv mexanizmni yaratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, mamlakat tomonidan olib borilayotgan o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani alohida ta'kidlab o‘tildi. O‘zbekistonning BMT va uning tuzilmalari bilan jadal tarzda rivojlanib borayotgan hamkorligi, shu jumladan, parlamentarizm sohasidagi hamkorligi parlamentlararo muloqotni chuqurlashtirishda tomonlarning o‘zaro manfaatlariga, amaliy hamkorlikni rivojlantirishga hamda turli sohalarda tajriba almashishga asoslangani qayd etildi.
Mavzuga oid
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
11:57 / 17.05.2026
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
11:42 / 18.03.2026
O‘zi sodir etgan huquqbuzarlikni internetga tarqatganlik uchun javobgarlik kiritilmoqda
18:21 / 18.02.2026