Maktabgaça ta'lim tizimida 2018 yilda noqonuniy xarajatlarning 40 foizi, 2019 yilning birinçi çoragida esa 28 foizi «ölik jonlar», ya'ni maktabgaça ta'lim taşkilotlarida turli lavozimlarga rasmiylaştirilgan, lekin, aslida, muassasada işlamaydigan şaxslar hisobiga töğri kelgan. Bu haqida Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan korrupsion holatlarga çek qöyiş maqsadida ötkazilgan maxsus seminarda ma'lumot berildi.

Seminarda aytilişiça, MTTlarda bolalar tegişli yöllanmasiz qabul qilinib, öz navbatida, yöllanmasiz qatnayotgan bolalar uçun tölangan tölov pullari ğaznaga kirim qilinmasdan MTT mudirasining noqonuniy daromad manbasiga aylanmoqda. Bunda bolalar soğligi va xavfsizligi ham xavf ostiga qöyilmoqda.
Vazirlik içki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boşliği Dilşod Normatovning ta'kidlaşiça, maktabgaça ta'lim tizimida korrupsiya köproq quyidagi holatlarda sodir bölmoqda:
- MTTlarga xodim qabul qilişda;
- Xodimlarning iş stavkasini oşirişda (bunda 0.5 stavkani 1 stavkaga yetkaziş kabi hollar nazarda tutiladi);
- Bolalarni MTTga joylaştirişda.
«Xodimlarni «ölik jon» qiliş masalasiga köz yumib bölmaydi. Bu tarbiyaçi «ölik jon» bölgan MTTda bola berilişi kerak bölgan tarbiyani olmayotganini anglatadi. Öşa kunda olinişi kerak bölgan narsadan mahrum qiliş bilan esa bolaning tiklab bölmas huquqi buzilişiga yöl qöyiladi», deya Dilşod Normatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Maktabgaça ta'lim vaziri birinçi örinbosari Sobitxon Turğunov öz nutqida vazirlikning oldida turgan eng katta vazifalardan biri ham korrupsion holatlarning oldini oliş ekanini aytib ötdi.
«Vazirlik bolalarni maktabgaça ta'limga qabul qilişdagi taniş-bilişçilikni kamaytiriş böyiça davlat xizmatlari agentligi bilan hamkorlikda işlayapti. MTT rahbarlarining lavozimiga tayinlanişi bilan boğliq korrupsion holatlarni yöqotiş uçun esa kuzatuv kengaşlarini taşkil qilganmiz», deya amalga oşirilayotgan işlar haqida ma'lumot berdi Sobitxon Turğunov.















