Bugun, 21 sentabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg şahrida boks böyiça jahon çempionatining final janglari bölib ötmoqda.

Özbekiston terma jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili, 2016 yilgi Rio Olimpiadasi ğolibi Şahobiddin Zoirov 2018 yilgi Osiyo öyinlari ğolibi bölgan hindistonlik Amitga qarşi ringga kötarildi.

Jangni birinçi raqam ostida olib borgan Şahobiddin Zoirov hakamlar bergan ovozlarga köra jang ğolibi deb topildi va jahon çempioniga aylandi.

Şahobiddin Zoirov finalgaça beşta jang ötkazgandi. U saralaş bosqiçini turkmanistonlik Yihlas Giliçjanovga qarşi ötkazib, yaqqol ustunlik bilan ğalaba qozongandi. Şundan keyin Dominikan Respublikasi vakili, Panamerika öyinlari ğolibi, turnirning törtinçi saralangan boksçisi Rodrigo Marteni taslim qildi.

U nimçorak finalda qirğizistonlik Azat Usenaliyev, çorak finalda bolgariyalik Daniyel Asenov, yarim finalda esa fransiyalik Belal Bennamani mağlub etdi.

Amit esa yarim finalda qozoğistonlik Saken Bibossinovni mağlub etgandi.

Bugun Özbekiston boks terma jamoasining yana uç nafar vakili jahon çempionatining oltin medali uçun ringga kötariladi:

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov (Özbekiston) – Lazaro Alvares Estrada (Kuba)
-81 kg: Dilşodbek Rözmetov (Özbekiston) – Bekzad Nurdauletov (Qozoğiston)