Namangan viloyatining Pop tumani Mirobod qişloğida istiqomat qiluvçi insonlar tahririyatga murojaat bilan çiqişdi. Murojaatda hududda hayot keçiriş uçun talab etiladigan eng birlamçi şaroitlar ham mavjud emasligi aytiladi.
Vodiy safari davomida uşbu qişloqda bölib, murojaatçilar bilan uçraşdik.
«Xöjayinlarimiz topgan pulni suvga sarflayapmiz»
Mahbuba Qurbonova: – «Suv tanqisligi tufayli ba'zida qölimizni yuvgani qizğanamiz. Biz ham yaxşi şaroitda yaşaşni xohlaymiz. Ota-onalarning biri farzandiga pul bera oladi, biri berolmaydi. Şunday bolalar majburlikdan ariqda oqayotgan iflos suvdan içib qöymoqda. Natijada içketarlar, boşqa kasalliklar çiqadi. Hozir biz na şaharlikka öxşaymiz, na qişloqlikka. Şaroitimiz yaxşimas, kamiga hamma narsani sotib olamiz. Tomorqada ekin ekolmaymiz. Suvni sotib olamiz, soliqlarni tölaymiz. Bizdan bir neça marta kamçiliklarimiz haqida söraşdi. Aholi soni köp bölgani bilan bitta xonadonda neçta-neçta odam işsiz. Xöjayinlarimiz topgan pulni suvga sarflayapmiz».
Begzod Norbayev: – «Falakning gardişi bilan bizning tumanga prezident maslahatçisi Umar Ismoilov aholi bilan uçraşiş uçun kelgandi. Murojaatimiz natijasida bu yerga işçi guruh kelgan, bizning qişloq suv, yöl va boşqa kommunal muammolar sabab 2018 yilda «Obod qişloq» dasturiga tuşgan. Ya'ni, ötgan yili qişloğimiz obodonlaştirilişi kerak edi.

Hozir esa bu hududdagi işlar «bajarilgan» deb aytilmoqda. Ba'zi hududlar ta'mirlangandir, lekin bizning qişloqdagi holatni özingiz körib turibsiz. Elektr simyoğoçlar avariya holatida, içimlik suvi yöq. Içimlik suvini sotib olamiz. Oldinlari bu yerlarda ham suv bölgan. Bizning qişloqda 300 xöjalik istiqomat qiladi. Hozirda suv masalasi dolzarb. Ekinlarimizni çorvaga yedirib yubordik. Fonddan pul ajratilgan, lekin amalda heç iş yöq. Biz bu masalada bir neça marta murojaat qildik. Lekin viloyat hokimi ham, tuman hokimi ham haligaça işlarni bajarişmayapti. Prezident maslahatçisi bizning rahbarlarga vazifani bergan. Lekin ular şu kungaça aldab kelişyapti. Suv va elektr ötgan yil hisobidan hal bölişi kerak edi».






















