Vazirlar Mahkamasining “Yölböyi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga köra, avtomobillarga gaz töldiriş kompressor stansiyalari (AGTKS), avtomobillarga gaz quyiş stansiyalari (AGQS) va avtomobillarga yoqilği quyiş stansiyalari (AYoQS) egalariga AGTKS, AGQS va AYoQS hududida qonun hujjatlari talablariga muvofiq savdo şoxobçalari, maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari, tez ovqatlaniş şoxobçalari va bepul wi-fi zonalari taşkil qiliş tavsiya etildi.
Belgilanişiça, 2020 yil 1 martdan boşlab jamoat maqsadlariga möljallangan va keça-kunduz işlaydigan, sanitariya va şaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gignena şoxobçalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYoQSlarning faoliyat körsatişiga yöl qöyilmaydi.
Sanitariya-gigiyena şoxobçalarini obodonlaştiriş töğrisidagi talablarni bajarmagan va kamçiliklarni bartaraf etmagan stansiyalarga gaz va neft mahsulotlarini yetkazib beriş töxtatiladi, litsenziyasi ham bekor qilinişi mumkin.
2020 yilning 1 sentyabriga qadar hududlarda savdo va maişiy xizmat körsatiş, tez ovqatlaniş şoxobçalari. Wi-Fi zonalari va sanitariya-gigena uzellari bilan ta'minlangan bittadan namunaviy AYoQS, AGQS va AGTKSlar taşkil etilişi lozim.

















