2019 yil 24 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Agrar va suv xöjaligi masalalari qömitasining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi. Unda Sirdaryo, Toşkent viloyatlari hamda Toşkent şahri Ösimliklar karantini hududiy inspeksiyalarida Özbekiston Respublikasining “Ösimliklar karantini töğrisida”gi qonunining ijrosi atrofliça muhokama qilindi.

Tadbirda ta'kidlanganidek, hududiy inspeksiyalar faoliyatida bir qator kamçiliklar aniqlangan. Xususan, Toşkent şahar inspeksiyasi tomonidan iş faoliyatida Özbekiston Respublikasining “Ösimliklar karantini töğrisida”gi qonunning ayrim moddalariga töliq amal qilinmagan.

Karantin ostidagi mahsulotni saqlaş, qayta işlaş, realizatsiya qiliş, qabul qiliş punktlari joylaşgan yerlarni, ularga tutaş hududlarni, ösimliklar karantini obektlarini öz vaqtida aniqlaş maqsadida nazorat tekşiruvlari, Fitosanitar dala nazorati, laboratoriya tekşiruvlari va doimiy monitoring işlari ötkazilmagan. Zararlaniş öçoqlarining kengayişiga yöl qöymaslik va ularni bartaraf etiş, şuningdek, ösimliklar karantini obektlarini olib kiriş yöllarini aniqlaş hamda tösiş böyiça yetarliça çoralar körilmagan.

Karantinosti mahsulotlari bilan savdo qiladigan obektlar va ösimliklar ekilgan joylar tanlab örganilganda, ayrim zararkunandalar, kasalliklari borligi aniqlangan.

Yiğilişda deputatlar tomonidan sohada olib borilayotgan işlar, kamçilik va muammolar, ularni hal etiş borasida inspeksiya oldida turgan muhim vazifalar yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.