2019 yilning 1 oktyabridan “Buxoro”, “Qarşi”, “Nukus” va “Termiz” xalqaro aeroportlarida “beşinçi havo erkinligi”ni qöllagan holda “Oçiq osmon” rejimi işga tuşdi.

Özbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimini aviataşuvlar tizimida mavjud muammolarni yeçiş yöli orqali köpaytiriş maqsadida Özbekiston prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “Özbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan 1 oktyabridan “Qarşi”, “Nukus” va “Termiz” xalqaro aeroportlarida “beşinçi havo erkinligi” darajasini qöllagan holda “Oçiq osmon” rejimi joriy qilinişi belgilangan.

“Oçiq osmon” rejimi bozorni xalqaro aviakompaniyalarga mamlakat aeroportlari va ularning quruqlikdagi xizmatlari uçun oçadi. “Oçiq osmon”ning asosiy tamoyillari nafaqat tranzit parvozlar uçun huquq taqdim etiş, balki hukumatning marşrutlar hamda aviakompaniyalarning narx hosil qiliş va belgilaş jarayonlariga aralaşmaslik, şuningdek samolyotlar va ularning quvvati turlariga doir çeklovlarning yöqligini ham anglatadi.

Jahon tajribasiga köra, “Oçiq osmon” siyosatining qöllanilişi yölovçi taşuvlarini örtaça 35 foiz (usiz 8 foiz)ga oşiriş imkonini berdi. Bu şuningdek aviaçiptalar narxini 20 foizdan 40 foizgaça pasaytirdi. Bundan taşqari, mazkur rejim ön minglab yangi iş örinlarini yaratadi.

Havo kengligidagi erkinlik fuqaro aviatsiyasining qator qoidalarini özida jamlaydi va bu qoidalar bir mamlakat aviakompaniyasiga boşqa mamlakatning havo kengligiga kiriş hamda uning hududiga qöniş huquqini beradi. Mazkur qoidalar 1944 yilgi “Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi töğrisidagi konvensiya”da qayd etilgan aviatsiya liberallaşuv darajasi böyiça murosalar natijasida şakllantirilgan.

Endi aeroportlarida “Oçiq osmon” rejimi joriy qilinuvçi şaharlar bilan reyslarni yölga qöyişdan manfaatdor xorijiy aviakompaniyalar parvozlarni amalga oşirişga ruxsat oliş uçun Transport vazirligiga, slot uçun esa Uzbekistan Airports AJga murojaat qilişadi.