2019 yilning 6-8 oktabr kunlari Tojikiston Respublikasi Madjlisi namoyandagon Madjlisi Oli raisi Şukurjon Zuhurov boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga rasmiy taşrif buyuradi.
Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabarida ta'kidlanişiça, mazkur taşrif doirasida delegatsiya a'zolari Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uçraşuvi rejalaştirilgan.
Uçraşuv çoğida tomonlar parlamentlararo hamkorlikning bugungi ahvoli, istiqboldagi rejalar hamda ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlaş va kengaytiriş masalalarini muhokama qiladilar.
Şuningdek, taşrif davomida yuqori martabali mehmon Toşkent va Samarqand şaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanişişi közda tutilmoqda.
















