Tibbiyot böyiça 2019 yilgi Nobel mukofoti Uilyam Kelin, Peter Ratkliff va Gregg Semensa tomonidan tirik hujayralar kislorod borligiga qanday reaksiya bildirişini örganiş böyiça tadqiqot uçun olindi. Bu haqda Karolin tibbiyot instituti qoşidagi Nobel qömitasi xabar berdi.

Qömita xabarnomasida ta'kidlanganidek, garçi kislorodning hayot uçun asosiy ahamiyati uzoq vaqtdan beri tuşunarli bölsa-da, biroq hujayralarning uşbu gaz darajasidagi özgarişlarga qanday moslaşişi noma'lum bölib qolayotgandi.

«Ular turli darajadagi kislorodga javoban genlar faolligini tartibga soluvçi molekulyar mexanizmni aniqlaşdi. Bu yilgi Nobel mukofoti laureatlarining fundamental kaşfiyoti hayotdagi eng muhim moslaşiş jarayonlaridan birining mexanizmini oçib berdi», -deyiladi xabarnomada.

Bu yilgi laureatlarning tadqiqoti kislorod darajasi moddalar almaşinuviga qanday ta'sir qilişini tuşuniş uçun asos böldi. Bundan taşqari, ularning kaşfiyoti anemiya, saraton va boşqa kasalliklarga qarşi kuraşişning yangi, istiqbolli usullarini yaratişga imkon beradi.

Taqdirlaş marosimi an'anaga köra 10 dekabr, Nobel mukofotlari asosçisi - şvetsiyalik tadbirkor va ixtiroçi Alfred Nobelning vafot etgan kuni ötkaziladi.

U vasiyat qilgan beşta mukofotdan törttasi Stokholmda topşiriladi. Tinçlik uçun Nobel mukofoti sohibi öz mukofotini Osloda 10 dekabr kuni oladi.

Nobel mukofotlaridan har birining miqdori töqqiz million şved kronasi (950 ming dollardan ozroq)ni taşkil etadi.