2019 yil 8 oktabr kuni Senatda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Alişer Kurmanovning “Procter & Gamble” kompaniyasi Yevropa bölinmasi prezidenti Loik Kassel va kompaniyaning Markaziy Osiyo böyiça vitse-prezidenti Tankut Turnaöğlu bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda Özbekistonda jamiyatning barça sohalarida olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho berildi, tadbirkorlikni rivojlantiriş sohasida amalga oşirilayotgan jarayonlarning hayratomuz kölami va teranligi alohida qayd etildi. Investitsiya muhiti va biznes yuritiş şart-şaroitlari ança yaxşilangani, bu esa iqtisodiyotni tubdan isloh qilişning amaliy natijasi ekanligi ta'kidlandi.
Tomonlar uşbu kompaniya bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalarini, işlab çiqariş maydonlarini taşkil etiş, ijtimoiy dasturlar amalga oşiriş, takliflar işlab çiqiş böyiça hamkorlik qiliş imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Uçraşuv yakunida Amerika kompaniyasiga joriy yil oktabr oyida AQŞda bölib ötadigan navbatdagi yillik Özbekiston-Amerika biznes-forumida iştirok etiş taklifi bildirildi.
“Procter & Gamble” – jahon iste'mol tovarlari bozorida yetakçilik qilayotgan AQŞning transmilliy kompaniyasidir. Uning bozor kapitallaşuvi 225 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etadi. Kompaniyaning jahon mamlakatlarida 70 ta vakolatxonasi bor.

















