P&G aprel-iyun oylarida eng köp daromadga erişgan.

Amerikaning Procter&Gamble (P&G) korporatsiyasi sof daromadi iyunda yakunlangan moliyaviy yilda 5 foizga – 71 milliard dollargaça ösdi. Bu 2006 yildan beri eng sezilarli ösişdir, deyiladi korporatsiya hisobotida.

P&G eng köp daromadga aprel-iyun oylarida koronavirus pandemiyasi fonida erişgan. Eng yaxşi körsatkiçlar maişiy kimyo va kir yuviş vositalari (14 foiz), hojatxona qoğozi va qoğoz soçiqlar işlab çiqariş bölinmalarida (5 foiz) qayd etilgan.

Korporatsiya 2021 yilda savdo hajmi ösişi 1dan 3 foizgaça darajada saqlanib qolişini taxmin qilmoqda.

Hisobot e'lon qilinganidan keyin Procter&Gamble aksiyalari narxi 2,4 foizga kötarilgan.