Hindistonning Odisha ştatida yaşovçi ayol uni oyoğidan tişlab olgan timsoh bilan bir soat kuraşib, tirik qoldi. Bu haqda Odisha TV telekanali xabar berdi.
Sajani Malik ismli ayol Baytarani daryosiga tuşlikdan keyin idişlarni yuvgani kelgan. Ayolning aytişiça, şu vaqt uni timsoh dumi bilan urib yiqitib, oyoğidan tişlab, suvga torta boşlagan. Ayol öz hayotini saqlab qoliş uçun jon holatda yaqin oradagi daraxtni uşlab olib, uni yordam kelmagunça bir soat qöyvormagan.

Ayolni uning qaytmaganidan keyin xavotirlana boşlagan hamkasblari aniqlaşgan. Ular timsohni quvib yuborişga muvaffaq bölişgan va ayolni şifoxonaga olib borişgan.
Ma'lum bölişiça, ayolga dunyodagi eng yirik yirtqiçlardan hisoblanuvçi taroqsimon timsoh hujum qilgan. Bu timsoh erkaklarining uzunligi 7 metrgaça va oğirligi 2 tonnagaça yetişi mumkin.
















