10 oktabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Sanitariya-epidemiologiya nazorati yönalişidagi barça davlat idoralari rahbariyati va mutasaddi xodimlari iştirokida OAV vakillari uçun matbuot anjumani ötkazildi.
Unda ma'lum qilinişiça, joriy yilning 9 sentyabrida imzolangan «Özbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoniga muvofiq, davlat sanitariya-epidemiologik markazlari negizida ikki tizim – Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi hamda Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi taşkil etildi.
«Şu paytgaça sanitariya-epidemiologiya osoyiştaligi holatining barqarorligini ta'minlaydigan yagona tizim bölgan bölsa-da, ammo unda bir-biriga zid ravişdagi faoliyatlar mavjud edi. Mazkur tizimda sohadagi me'yoriy hujjatlarni tayyorlaş, ijro qiliş va amalga oşirilgan işlarni Soğliqni saqlaş tarkibidagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati nazorat qilardi. Biroq, bu içki ziddiyatlarga olib keldi. Natijada, bajarilgan tadbirlar özining kutilgan samarasini bermadi. Şu va boşqa qator omillar ikki tizimning yaratilişiga sabab böldi», deya Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitar-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori Bahrom Almatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirda aytilişiça, har yili Özbekistonda nazoratdagi 63 xil turdagi kasalliklar qayd etilmoqda. Joriy yil boşidan beri örtaça 32 mingdan ziyod fuqaro virusli depatit A hamda 40 mingdan ortiq şaxs ötkir yuqumli içak kasalliklariga çalingani aniqlandi. 9 oy mobayida meningit xastaligiga yöliqiş ança yuqorilagan, ya'ni 121ta holatda kuzatilgan. Uning 60 foizi Toşkent şahrida yaşovçi fuqarolar va xorijlik mehmonlar hissasiga töğri kelmoqda.

















