Podpolkovnik Bahrom Biloliddinoviç Zulfiqorov mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati böyiça maslahatçisi etib tayinlandi.

Bahrom Zulfiqorov 1980 yilda Andijon viloyatining Böz tumanida tuğilgan. 2001 yilda Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurtini imtiyozli diplom bilan, 2008 yilda esa Özbekiston Qurolli Kuçlari akademiyasini tamomlagan.

Bunga qadar Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy işlar boş boşqarmasida bölim boşliği lavozimida xizmat qilgan.

Mudofaa vazirining matbuot kotibi bir vaqtning özida Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boşliği sanaladi.

Bundan oldin, Olim Toşboyev Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boşliği vazifasini bajaruvçi etib tayinlangani xabar qilingandi.