Olimlarning aniqlaşiça, yuriş tezligi miya qarişi bilan bevosita boğlangan bölib, sekin yuradigan insonlarda miya qariroq böladi. Bunday xulosaga Yangi Zelandiyaning mingga yaqin vakilida ötkazilgan tadqiqot natijasida kelingan.

Bu tadqiqot haqida JAMA Network Open ilmiy naşrida sözlangan. Tadqiqot Yangi Zelandiyaning Janubiy orolida ötkazilgan. Tajribaning barça iştirokçilari u boşlanganda 45 yoşda bölgan. Olimlar ularni hayotlari davomida kuzatib borişgan.    

Yakuniy bosqiçda MRT yuriş sur'ati past bölgan odamlarda miya hajmi, uning qobiği ziçligi kiçikroq bölganini körsatgan. Ularda mayda tomirlar kasalligi alomatlari aniqlangan. Bu holat esa aqli zaiflikka va işemik insultlarga olib kelişi mumkin.

Umuman olganda, tadqiqot sekin yuruvçi odamlar miyasi tezroq qariganini körsatgan. Tadqiqot mualliflaridan biri Terri Moffittning ta'kidlaşiça, 70-80 yoşida sekin yuruvçi odamlar şu yoşda tez yuruvçilarga nisbatan köproq vafot etadilar. Uning aytişiça, tadqiqot maktabgaça davrdan tortib keksalikkaça bölgan davrni qamrab olgan. Tadqiqotning körsatişiça, sekin yuriş keksalik davrigaçayoq muammoli alomatga aylanadi.