Oliy ta'lim muassasalarida “yurisprudensiya” ta'lim yönalişi böyiça tahsil oliş imkoniyatini oşiriş taklif qilinmoqda. Bu haqda “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida petitsiya joylaştirildi.

“Hozirgi kunda “yurisprudensiya” ta'lim yönalişi böyiça respublikamizning 3 ta oliy ta'lim muassasasi (Toşkent davlat yuridik universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlari)da öqiş imkoniyati mavjud”, - deb yozadi murojaat muallifi. 

Bildirilişiça, ularda talabalar hozirda faqat kunduzgi ta'lim şaklida öqitilmoqda. Şuningdek, yurisprudensiya yönalişida sirtqi ta'lim şaklida öqitiş heç joyda mavjud emas. 

“Mazkur yönalişni boşqa oliy ta'lim muassasalarida (yönalişlariga mos bölgan oliy ta'lim muassasalarida) ham taşkil etiş masalasi örganib çiqilsa, maqsadga muvofiq bölar edi. Oldinlari Özbekiston milliy universiteti, Farğona, Namangan va Samarqand davlat universitetlarida yurisprudensiya ta'lim yönalişi mavjud edi”, - deyiladi petitsiyada. 

Ta'kidlanişiça, hozirda köpçilik yoşlar “yurisprudensiya” ta'lim yönalişida öqiş va oliy ma'lumotga ega bölişni istaydi. Aholining, jismoniy va yuridik şaxslarning oliy ma'lumotli, yuqori malakali yuridik kadrlarga ehtiyoji ham yil sayin ortmoqda.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda “yurisprudensiya” ta'lim yönalişini kunduzgi va sirtqi ta'lim şakllarida respublikamizning boşqa oliy ta'lim muassasalarida ham oçiş imkoniyatini yaratişni taklif qilamiz”, - deya yakunlangan murojaat.